
A Representative of the University of Geneva Delivered a Lecture for UWED Students
A Representative of the University of Geneva Delivered a Lecture for UWED Students

Joriy yilning 19-noyabr kuni Jeneva universiteti Xavfsizlik bo‘yicha observatoriyasi direktor o‘rinbosari Ventseslav Sabev JIDU talabalari uchun “Milliy brending – jamoatchilik diplomatiyasining tayanchi: o‘ziga xoslik, qadriyatlar va yumshoq kuch” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Tadbir milliy brending, yumshoq kuch, jamoatchilik diplomatiyasi va xalqaro imij shakllantirishga qiziquvchi talabalarni birlashtirdi va davlatlar global maydonda o‘z brendini qanday yaratishi, targ‘ib qilishi va rivojlantirishi bo‘yicha noyob imkoniyat taqdim etdi.
Ma’ruzada bir qator muhim masalalar yoritildi. Bugungi global maydonda milliy brendingning ahamiyati alohida ta’kidlandi: davlatlar o‘z imidjini siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga moslashtirish orqali qanday rivojlantirish mumkinligi tahlil qilindi. Shuningdek, milliy brendingning yumshoq kuch va jamoatchilik diplomatiyasidagi roli ham muhokama qilindi, madaniy, ijtimoiy va siyosiy resurslardan strategik foydalanish orqali global auditoriyaga ta’sir qilish imkoniyatlari namoyish etildi.
Ma’ruza interaktiv tarzda o‘tdi, milliy brending tez o‘zgarayotgan dunyoda doimiy rivojlanib borayotgan strategiya ekanligini namoyish etdi. Talabalar iqtisodiy inqirozlar, moliyaviy tizim, iqtisodiy siyosat va ekologik talablar bo‘yicha faol savollar berishdi, bu esa davlatlarning global maydondagi imidjini shakllantirish jarayonini yanada chuqurroq tushunishga yordam berdi.
Ma’ruza so‘ngida talabalar milliy brendingning amaliy qo‘llanilishi, xalqaro diplomatiya va yumshoq kuchni samarali ishlatish bo‘yicha savollarini berib, janob Sabevning xalqaro xavfsizlik va jamoatchilik diplomatiyasi sohasidagi tajribasidan saboq oldilar.




