MARKAZIY OSIYO YOZGI MAKTABI

MARKAZIY OSIYO YOZGI MAKTABI

    MARKAZIY OSIYO YOZGI MAKTABI

    MARKAZIY OSIYO YOZGI MAKTABI

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), Toshkent

    2026-yil 29-iyun - 5-iyul

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da tashkil etilayotgan Markaziy Osiyo yozgi maktabi XXI asrda Markaziy Osiyoni shakllantirayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar haqida keng qamrovli hamda dolzarb bilim berishga qaratilgan intensiv va fanlararo akademik dasturdir.

    Markaziy Osiyo qishki maktabining muvaffaqiyatli tashkil etilganiga asoslanib, ushbu yozgi maktab JIDUning Markaziy Osiyo tadqiqotlariga bag‘ishlangan mavsumiy akademik dasturlarining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Ushbu dastur o‘z ko‘lami, mavzular qamrovi va xalqaro hamkorlik darajasi jihatidan yanada kengaytirilgan. Qishki maktab ishtirokchilarining yuqori qiziqishi va ijobiy fikr-mulohazalari bunday tashabbuslarning dolzarbligini yana bir bor tasdiqlab, mazkur yozgi formatni yanada takomillashtirishga turtki bo‘ldi.

    Dastur Toshkent shahrida yetti kun davomida o‘tkazilib, akademik ma’ruzalar, yuqori darajadagi institutsional tashriflar hamda madaniy tajriba elementlarini o‘z ichiga oladi. Bu ishtirokchilarga mintaqaviy ekspertlar, siyosat ishlab chiquvchilar va amaliyotchilar bilan bevosita muloqot qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

    Global geosiyosatdagi o‘zgarishlar, mintaqaviy hamkorlikning kuchayishi va davom etayotgan ichki islohotlar sharoitida Markaziy Osiyo tobora strategik ahamiyati ortib borayotgan mintaqaga aylanmoqda. Ushbu yozgi maktab aynan shu jarayonlarni aks ettirib, zamonaviy siyosiy muhokamalarga e’tibor qaratadi. Jumladan, Ukraina mojarosidan keyingi geosiyosiy jarayonlar, transport va savdo yo‘laklari, energetika transformatsiyasi, boshqaruv islohotlari hamda ijtimoiy o‘zgarishlar kabi masalalar qamrab oladi.

    Xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va diplomatiya yo‘nalishlarida O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida JIDU tanqidiy muloqot va bilim almashinuvi uchun samarali maydon yaratadi. Yozgi maktab JIDUning ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik aloqalariga tayangan holda, Markaziy Osiyo tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi global fikrlovchi yangi avlod olimlari va mutaxassislarini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Maqsadlar

    • Ishtirokchilarga Markaziy Osiyoning o‘zgarib borayotgan geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muhitiga oid chuqur va amaliy ahamiyatga ega bilimlar berish

    • Mintaqaning o‘zgarib borayotgan global tartibdagi o‘rnini, jumladan Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi kabi yirik aktorlar bilan munosabatlarini tahlil qilish

    • Mahalliy va xalqaro talabalar, olimlar hamda amaliyotchilar o‘rtasida akademik almashinuv va tarmoq (networking) imkoniyatlarini yaratish

    • O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan bevosita tanishish orqali madaniyatlararo tushunishni rivojlantirish

    • Amaliy siyosiy muammolar bilan ishlash orqali ishtirokchilarning tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish 

     Asosiy tematik yo‘nalishlar

    Yozgi maktab o‘quv dasturi o‘zaro bog‘liq beshta tematik yo‘nalish asosida tuzilgan:

    1. Asoslar: tarix, geografiya va o‘zlik (identity)

    • Mintaqaviy o‘zlikning shakllanishi va tarixiy meros

    • Post-sovet Markaziy Osiyoda davlat qurilishi jarayonlari

    2. Geosiyosat va xalqaro munosabatlar

    O‘zgarib borayotgan global tartibda Markaziy Osiyoning o‘rni

    • Strategik raqobat va ko‘p vektorli tashqi siyosat

    • Mintaqaviy hamkorlik formatlari (C5+ va boshqalar)

    3. Boshqaruv va islohotlar

    • O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy islohotlar

    • Davlat boshqaruvi, siyosiy innovatsiyalar va institutsional rivojlanish

    4. Iqtisodiyot, bog‘liqlik va energetika transformatsiyasi

    O‘rta yo‘lak (Middle Corridor) va mintaqaviy bog‘liqlik

    • Savdo, infratuzilma va logistika

    • Energetika geosiyosati va qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish

    5. Jamiyat, madaniyat va barqaror rivojlanish

    Identitet, din va ijtimoiy transformatsiya

    • Yoshlar, migratsiya va ta’lim

    • Markaziy Osiyoda madaniy meros va islom sivilizatsiyasi

     Dastur xususiyatlari

    Yozgi maktab ishtirokchilarga keng qamrovli va tajribaviy o‘quv imkoniyatlarini taqdim etadi, jumladan:

    Ma’ruzalar: Zamonaviy mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha yetakchi olimlar, diplomatlar va siyosat ekspertlari tomonidan olib boriladi

     

    Institutsional tashriflar: Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Progressiv islohotlar markazi kabi yetakchi aql markazlari bilan muloqot

     

    Maxsus mehmon ma’ruzalari: Amaliyotchilar bilan yuqori darajadagi sessiyalar

     

    Madaniy va tarixiy ekskursiyalar: Timuridlar tarixiy davlat muzeyi, Xast-Imom majmuasi va Chorsu bozori kabi asosiy joylarga tashriflar

     

    • Interaktiv tadbirlar: Netvorking sessiyalari, guruh muhokamalari va hamkorlik asosidagi o‘quv mashg‘ulotlari

     Ishtirokchilar profili va saralash tartibi

    Dastur taxminan 25 nafar talabadan iborat bo‘lgan xilma-xil guruhni to‘playdi, jumladan mahalliy va xalqaro talabalar.

    • Yuqori bosqichdagi bakalavr, magistratura talabalar va yosh mutaxassislar

    • Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, huquq yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlar bo‘yicha bilimga ega

    • Kuchli akademik motivatsiya va Markaziy Osiyoga qiziqishi

     Arizalar qabul qilish

    ·        Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 24-mart – 24-aprel

    ·        Natijalar e’lon qilinishi: 2025-yil may boshida

    ·        Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi: 20 AQSH dollari (xalqaro talabalar uchun), 240,000 so‘m (mahalliy talabalar uchun)

    Qatnashish to‘lovi:

    ·        Xalqaro talabalar: 350 AQSH dollari

    ·        Mahalliy talabalar: 1 500 000 so‘m

    Qo‘shimcha ishtirok imkoniyati

    • Asosiy guruhdan tashqari, cheklangan miqdorda qo‘shimcha joylar to‘lov asosida taqdim etilishi mumkin

    • Ushbu toifaga qabul qilingan ishtirokchilar o‘z turar joylarini mustaqil ravishda tashkil etishlari talab etiladi

    • Ushbu ishtirokchilar uchun chegirmali ishtirok to‘lovi – 250 AQSh dollari

     Saralash mezonlari:

    •Akademik yutuqlar

    •Motivatsiya

    • Akademik yoki professional tajriba bilan bog‘liqlik

     

    Kutilgan natijalar

    • Zamonaviy Markaziy Osiyo jarayonlarini yanada chuqur tushunish

    • Tanqidiy tahlil va siyosatga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni rivojlantirish

    • Xalqaro akademik va professional tarmoqlarni yaratish

     O‘zbekistonning islohot yo‘nalishi va mintaqadagi roliga oid tushunchani oshirish

    • Mintaqaning boy madaniy va tarixiy merosini qadrlashni mustahkamlash

    • Barcha ishtirokchilarga sertifikat va 2 ECTS kredit beriladi

     

    Ishtirok va logistika

    • Xalqaro ishtirokchilar uchun dastur kunlarida yashash va tushlik ta’minlanadi

    • Mahalliy ishtirokchilar uchun dastur kunlarida tushlik ta’minlanadi

    • Ishtirok badali barcha ma’ruzalar, o‘quv materiallari va dastur tadbirlarini qamrab oladi

    • Ishtirokchilar xalqaro safar, sug‘urta va shaxsiy xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydi

    • Dastur doirasida obyektlarga tashrif buyurish uchun mahalliy transport (metro va guruhli transportlar) tashkil etiladi

    • Dastur ishchi tili – ingliz tili

    Ushbu Yozgi Maktabni noyob qiladigan jihatlar

    • “Yangi Markaziy Osiyo” va zamonaviy global jarayonlarga kuchli urg‘u

    • Davlat institutlari va siyosat shakllantiruvchi shaxslar bilan amaliy muloqot

    • Akademik ta’lim va amaliy tajriba o‘rtasida muvozanat

    • Geosiyosat, iqtisodiyot, jamiyat va madaniyatni yagona dasturda integratsiya qilish

    • Toshkentda joylashuvi — mintaqaviy diplomatiya va islohotlarning muhim markazi

      To‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha muhim ma’lumot

    Ma’lum qilamizki, ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish to‘lovlari to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng qaytarilmaydi.

     Ro‘yxatdan o‘tgan zahoti tashkilotchilik jarayonlari boshlanadi: turar joyni band qilish, hujjatlarni tayyorlash, ma’muriy jarayonlar va ekspertlar bilan ishlash. To‘lovlar Yozgi maktabni sifatli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan dastlabki xarajatlarni qoplaydi.

     Ariza topshirish uchun:  quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting

    https://forms.gle/qwssuvtM92vm3EKG8

    Qo‘shimcha savollar bo‘yicha bizning elektron pochtamizga murojaat qiling:

    international@uwed.uz, xat mavzusi: Central Asia Winter School 2026

    Markaziy Osiyo Qishki maktabi va uning natijalari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin: https://www.uwed.uz/news/1181 va https://www.uwed.uz/news/1195.