
Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash ilmiy faoliyat, dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy darajalar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi kollegial organ hisoblanadi.
Kengash Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor rahbarligida faoliyat yuritadi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ular yuzasidan tavsiyalar berish, dissertatsiya mavzulari, ilmiy loyihalar ko‘rib chiqish, doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik faoliyatiga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish, ilmiy seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqadi.
Kengashning asosiy vazifalari
Tadqiqotlarni muvofiqlashtirish
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirish.
Doktorantura tizimi
Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik faoliyatini takomillashtirish.
Ko‘rib chiqish va monitoring
Dissertatsiya ishlari, ilmiy loyihalarni ko‘rib chiqish va monitoringini olib borish.
Ilmiy tadbirlar
Ilmiy seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish.
Faoliyat monitoringi
Ilmiy faoliyat monitoringini olib borish va natijalarini baholash.
Ilmiy salohiyat
Ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash.
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish.
Akademik halollik
Akademik halollik, ilmiy etika va ilmiy faoliyat sifati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ilmiy faoliyat sifati va ilmiy jarayonni takomillashtirishdagi o‘rni

Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash Universitetda ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tadqiqotlar sifatini oshirish hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiluvchi asosiy institutsional mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Kengash ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy loyihalarning samaradorligi hamda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini muhokama qiladi. Shuningdek, u doktorantura tizimini takomillashtirish, mustaqil izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda akademik halollik va ilmiy etika madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Dissertatsiya mavzulari, ilmiy loyihalar va magistrlik dissertatsiyalari bilan bog‘liq materiallar dastlab tegishli kafedralar va ilmiy seminarlar darajasida muhokama qilinadi. Zarurat tug‘ilganda, ular ichki va tashqi ekspertizadan ham o‘tkazilishi mumkin. Shundan so‘ng tegishli materiallar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Kengash tomonidan ijobiy baholangan ilmiy ishlar, takliflar va tavsiyalar belgilangan tartibda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi hamda amaliyotga joriy etiladi.
Kengash tarkibi
| T/r | F.I.Sh. | Lavozimi |
|---|---|---|
| 1. | Dadabaev Timur Yunusovich | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor |
| 2. | Siddiqova Marguba Ilxomjon qizi | Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ofisi boshlig‘i |
| 3. | Abdurasulova Mexriniso Abdurasulovna | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor maslahatchisi |
| 4. | Abdullayeva Madina Abdulbori qizi | Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani |
| 5. | Muratayev Serikbek Alpamisovich | Xalqaro huquq fakulteti dekani |
| 6. | Abdullayev Elbek Erkin o'g'li | Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani |
| 7. | Yakubov Ildar Xarasovich | Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri |
| 8. | Abdullayev Sherzod Madjidovich | Siyosatshunoslik kafedrasi mudiri |
| 9. | Kadirova Nargiza Rashitovna | Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi mudiri |
| 10. | Masadikov Sherzodbek Maxmudovich | Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi mudiri |
| 11. | Tashpulatova Laylo Maratovna | Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi mudiri |
| 12. | Sharipova Umida Adxamovna | Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi mudiri |
| 13. | Raimova Gulnora Mirvaliyevna | Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri |
| 14. | Abduraxmanova Mexribon Dustmuratovna | O‘zbek-rus tillari kafedrasi mudiri |
| 15. | Borisova Yelena Viktorovna | Ingliz tili kafedrasi mudiri |
| 16. | Mamatkasimova Vasila Akramdjanovna | Yevropa va turkiy tillar kafedrasi mudiri |
| 17. | Gafurova Xakima Shavkatovna | Sharq tillari kafedrasi mudiri |