JIDU o‘qituvchisi maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dars mashg‘uloti o‘tkazdi

    Joriy yilning 25-sentabr kuni 190-sonli Ayrim fanlari chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dars mashg‘uloti tashkil etildi.

    Mashg‘ulot Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchisi tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) doirasidagi ma’rifiy tashabbus sifatida o‘tkazildi.

    Dars davomida o‘quvchilarda moliyaviy bilim va ko‘nikmalarni erta yoshdan shakllantirish, tejamkorlik va mas’uliyatli qaror qabul qilish madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbus bolalarning ta’lim jarayonida muhim hayotiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilib, barqaror rivojlanish kun tartibidagi ta’lim va imkoniyatlarni kengaytirish yo‘nalishlari bilan uyg‘un hisoblanadi.