Akademik litsey bitiruvchilari uchun qabul

Akademik litsey bitiruvchilari uchun qabul

    Akademik litsey bitiruvchilari
    Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilarini maxsus uch yillik ta’lim dasturiga qabul qilish tartibi hamda baholash mezonlari.

    Muhim sanalar

    Hujjat topshirish
    25-iyun – 5-iyul
    Yakka suhbat
    20-iyul – 1-avgust
    O‘tish bali
    Min. 56%

    Qabul bosqichlari

    1
    Ariza topshirish (25-iyun – 5-iyul)
    Universitetning maxsus pochtasi admission@uwed.uz orqali topshiriladi. Diplom va uning ilovasi PDF formatda yuklanadi.
    2
    Hujjatlarni ko‘rib chiqish (72 soat)
    Qabul komissiyasi hujjatlarni 72 soat ichida ko‘rib chiqadi. Kamchilik bo‘lsa, 1 soat ichida xabar yuboriladi va abituriyent 24 soat ichida uni bartaraf etadi.
    3
    Yakka suhbat (20-iyul – 1-avgust)
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Davomiyligi 30 daqiqagacha. ID-karta majburiy. Telefon, lug‘at va kitob taqiqlanadi.
    4
    Natija va qabul
    Suhbat tugagandan so‘ng 1 ish kuni ichida rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. 56% va undan past ball to‘plaganlar qabul qilinmaydi. Qayta suhbat o‘tkazilmaydi.

    Yakka tartibdagi suhbat mezonlari

    # Baholash mezoni Maksimal ball
    1 Akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi 25
    2 Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi 25
    3 Nutq madaniyatining shakllanganligi va tanqidiy fikrlash 25
    4 Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi va ijodkorlik qobiliyati 25
    Maksimal jami 100

    Fanlar bo‘yicha test savollari