Test Title

Test Title

    “Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

    “Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

    2026-yil 11–14-avgust kunlari Yangiyo‘l shahrida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglar uchun “Ishonch maktabi” o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.  Mazkur seminar Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar Jamiyati Markaziy boshqaruvi tomonidan tashkil etildi. Tadbir ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy mustaqilligini mustahkamlash hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga qaratildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasida teng imkoniyatlar, inson huquqlari, kamsitmaslik va ijtimoiy inklyuziya tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, “Sifatli ta’lim” va “Tengsizlikni kamaytirish” yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda tashkil etildi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti psixologi Nargiza Norova hamda 3-bosqich talabasi Inklyuziya klubi koordinatori Davlatova Kamola ishtirok etdi. N.Norova inklyuziv muhitni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yuzasidan mazmunli nutq so‘zladi. U o‘z nutqida talaba-yoshlarning inklyuziv ta’lim va inklyuziv jamiyatni rivojlantirishdagi o‘rni, tengdoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va yoshlarning ijtimoiy mas’uliyati masalalariga to‘xtaldi. K.Davlatova yoshlarning inklyuziv madaniyatni shakllantirishdagi faolligi, teng imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari va ijtimoiy mas’uliyatining ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, jamiyatdagi stereotip va ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirish, empatiya, o‘zaro hurmat va inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning psixologik jihatlarini yoritdi. Tadbir davomida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, zamonaviy va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, kasbiy mustaqillikni mustahkamlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muhitida teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, inklyuziv muhitni shakllantirish faqat jismoniy va texnik shart-sharoitlarni yaratish bilan cheklanmaydi. Shaxsning o‘zini qadrlangan, tinglangan, qo‘llab-quvvatlangan va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi ham inklyuziyaning muhim tarkibiy qismidir. Seminar doirasidagi muhokamalarda inklyuziyaga inson huquqlari, teng imkoniyatlar, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida yondashish zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim sharti ekani qayd etildi. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un ravishda inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, “Ishonch maktabi” kabi o‘quv-amaliy tashabbuslar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy mustaqilligini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuziv jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma sifatida ahamiyat kasb etadi. Seminar yakunida faol ishtirokchilar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ham sertifikat bilan taqdirlandi. Mazkur tashabbus ta’limda teng imkoniyatlarni kengaytirish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zaro hurmat va ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan inklyuziv madaniyatni rivojlantirish hamda barqaror jamiyat qurish yo‘lidagi amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.

    JIDU talabalari ishtirokida “Yashil tafakkur – barqaror kelajak” ekologik-psixologik aksiyasi o‘tkazildi

    JIDU talabalari ishtirokida “Yashil tafakkur – barqaror kelajak” ekologik-psixologik aksiyasi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi hamkorligida Toshkent shahridagi Ekobog‘ hududida “Yashil tafakkur – barqaror kelajak” mavzusida ekologik-psixologik aksiya tashkil etildi. Mazkur aksiya talaba-yoshlar, maktab va litsey o‘quvchilari hamda keng jamoatchilik o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik ong va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash, tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini keng targ‘ib etishga qaratildi. Tadbir ekologik ta’lim, psixologik yondashuv va yoshlar tashabbuslarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, sifatli ta’lim, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va ekologik madaniyatni rivojlantirish yo‘nalishlariga hamohang tarzda o‘tkazildi. Aksiyada universitet talabalari, maktab va litsey o‘quvchilari, volontyorlar, ekologik tashabbuskor yoshlar hamda ekologiya masalalariga befarq bo‘lmagan fuqarolar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ekologik etika, yashil tafakkurni rivojlantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish va ekologik qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan mazmunli muloqotlar olib borildi. Aksiyaning faxriy mehmoni, Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi raisi Lobarxon Jalolova ekologik diplomatiya, yoshlarning xalqaro ekologik tashabbuslardagi ishtiroki, ekologik volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda ekologik yetakchilikning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi. U ekologik muammolarni bartaraf etishda har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati, yoshlarning tashabbuskorligi va ekologik madaniyatni yuksaltirish barqaror kelajakni ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Universitet psixologi Nargiza Norova tomonidan ekologik ongni rivojlantirishning psixologik asoslari, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ekologik mas’uliyatni shakllantirish hamda ekologik xulq-atvorni rivojlantirishga bag‘ishlangan interaktiv trening o‘tkazildi. Trening davomida psixologik mashqlar, ijtimoiy-psixologik diagnostika, ekoterapiya elementlari va jamoaviy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarda ekologik qadriyatlarni mustahkamlash, tabiat bilan uyg‘un yashash madaniyatini rivojlantirish hamda ekologik muammolarga ongli yondashuvni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar ishlari ofisi mutaxassisi Feruza Ernazarova ekologik madaniyatni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimi va jamiyatning umumiy mas’uliyati ekanini qayd etdi. U yoshlarni tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik qadriyatlarni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga chaqirdi. Aksiyani tashkil etishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi, Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirfayz Nutfullayev faol tashabbus ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan yoshlarni ekologik volontyorlik harakatiga keng jalb etish, ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik tashabbuslarini rivojlantirish va ekologik madaniyatni ommalashtirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etildi. Aksiya yakunida ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiiy resurslarni asrash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari va yoshlarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mazkur ekologik-psixologik aksiya ekologik ta’lim, ekologik etika va psixologik yondashuvlarni yagona platformada uyg‘unlashtirib, ishtirokchilarning ekologik dunyoqarashini kengaytirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilgan muhim ma’rifiy tashabbus bo‘ldi.

    JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 2026-yil 19-may kuni professor-o‘qituvchilar R. Yusupaliyeva, Z. Israilova va D. Soliyev ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda mahalla va Barqaror rivojlanish maqsadlari: hamkorlik va mas’uliyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, 30-iyun kuni Z. Israilova, D. Soliyev va A. Abdujalilov ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda mahalla instituti va Barqaror rivojlanish maqsadlari: inklyuziv rivojlanish va ijtimoiy hamkorlik” mavzusida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirlarda mahalla raisi, hokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatlari davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini mahalla darajasida samarali amalga oshirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida qashshoqlikka barham berish (SDG 1), sifatli ta’lim (SDG 4), gender tengligi (SDG 5), munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish (SDG 8), barqaror shaharlar va aholi punktlari (SDG 11), tinchlik, adolat va samarali institutlar (SDG 16) maqsadlarini mahalla faoliyati bilan uyg‘unlashtirishning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqildi.  Tadbirlar yakunida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mahalla institutining o‘rni tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu maqsadlarni mahalliy darajada amalga oshirishda davlat organlari, fuqarolik jamiyati vakillari va aholining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

    JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

    JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

    “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Lider qizlar” klubi a’zolari tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi Olmachi” mahallasida “Mahallamiz yoshlari — kelajak diplomatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltiruvchi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi mahalla yoshlarining oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajak kasbini ongli ravishda tanlashga yo‘naltirish, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohalari haqida kengroq tasavvur hosil qilish, shuningdek, yoshlarning intellektual va kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, mustaqil fikrlashi, liderlik fazilatlarini shakllantirishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, diplomatiya, xalqaro munosabatlar va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlar uchun zarur bo‘lgan bilim, mas’uliyat, muloqot madaniyati va xorijiy tillarni puxta egallash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbir yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni o‘z ustida muntazam ishlashga rag‘batlantirish, kasbiy maqsadlarini aniq belgilashga ko‘maklashish hamda mahalla va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

    JIDU talabalari o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida viktorina tashkil etildi

    JIDU talabalari o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida viktorina tashkil etildi

    2026-yil 5-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun bilimlar bellashuvi – viktorina tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarning siyosiy savodxonligini oshirish, siyosiy jarayonlarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Viktorina Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi – “Sifatli ta’lim” yo‘nalishi doirasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan. Shuningdek, tadbir davomida siyosiy institutlar faoliyati, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi mexanizmlari hamda zamonaviy global siyosiy jarayonlarga oid savollar orqali talabalarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Bu jihatdan mazkur tashabbus Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi – “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” yo‘nalishiga hamohang ravishda amalga oshirildi. Viktorina jarayonida ishtirokchilar xalqaro tashkilotlar faoliyati, global boshqaruv tizimlari va zamonaviy siyosiy tendensiyalar bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida yuqori natijalarni qayd etgan hamda faol ishtirok etgan talabalarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur tadbir talabalarning siyosiy madaniyati va fuqarolik faolligini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda zamonaviy xalqaro munosabatlar va boshqaruv masalalariga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

    Bugungi kunda ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ularning samarali aloqalari yosh avlodning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida, sog‘lom jamiyat barpo etilishida katta ahamiyatga ega. Joriy yilning 2 iyun sanasida Yevropa va turkiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Xodjayeva Xurshida, Xayrullayeva Nargiza hamda Sodiqova Mahbuba tomonidan JIDU otaliqqa olgan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi. Mazkur xayriya tadbiri “Oila–mahalla–ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.Tadbir davomida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul mablag‘lari ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatildi. Ushbu tashabbus o‘qituvchilarning ijtimoiy mas’uliyati, insonparvarlik fazilatlari va mahalla hayotidagi faol ishtirokining amaliy ifodasi bo‘ldi. “Olmachi” MFY vakillari hamda yordam olgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor va amaliy ko‘mak uchun Yevropa va turkiy tillar kafedrasi o‘qituvchilariga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Bunday ezgu ishlar mahalla aholisi bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Ushbu hayriya tadbiri 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va barcha insonlarning tinchlik hamda farovonlikda yashashini ta’minlashga qaratilgan 17 ta global maqsadlarning,   Qashshoqlikka barham berish (SDG 1), hamda,  Ochlikni tugatish (SDG 2) yo‘nalishlariga qaratildi. Ta’kidlash joizki, xayriya va mehr-muruvvat tadbirlari jamiyatda o‘zaro yordam, ijtimoiy birdamlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish maqsadlarining 9-, 11- va 17-maqsadlari doirasida “Talabalar innovatsion g‘oyalari ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Mintaqashunoslik” fani doirasida “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida tashkil etildi. Ko‘rgazmada 100 ga yaqin talabalar o‘zlarining innovatsion ishlanmalari, kreativ loyihalari hamda ilmiy-amaliy g‘oyalari bilan qatnashdi. Tadbir doirasida “Eng yaxshi ishlanma” ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazilib, talabalarning tahliliy va amaliy yondashuvlari baholandi. Tadbirning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi xalqaro transport koridorlarini tadqiq etish, ularning logistika yo‘nalishlari va faoliyat mexanizmlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda innovatsion yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida talabalar ekologik toza va sog‘lom turmush tarziga xizmat qiluvchi mahsulotlar hamda zamonaviy innovatsion ishlanmalarni namoyish etdilar. Tanlovda taqdim etilgan loyihalarda mavjud transport koridorlari, asosiy marshrutlar, ishtirokchi davlatlar manfaatlari, ushbu loyihalarning shaharlar rivojlanishidagi o‘rni, geosiyosiy hamkorlikdagi ahamiyati hamda istiqbolda xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritildi. Shuningdek, tadbir talabalarning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etishlari uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi. Ko‘rgazmada milliy va xorijiy guruh talabalari faol ishtirok etib, bu esa tadbirning xalqaro va akademik muhitini yanada boyitdi. Mazkur tashabbus talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy yondashuvini oshirishga xizmat qildi.

    JIDUda “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy maqola va tezislar tanlovi o‘tkazildi

    JIDUda “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy maqola va tezislar tanlovi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida talabalar o‘rtasida ilmiy maqola va tezislar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov universitet talabalari o‘rtasida mehnat huquqi va mehnat nizolarini hal etishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda yosh tadqiqotchilarning akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Tanlov “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Umirzoqov Shohrux rahbarligida o‘tkazildi. Taqdim etilgan ilmiy ishlar dolzarblik, ilmiy yangilik, huquqiy asoslanganlik, tahliliy yondashuv hamda amaliy ahamiyat mezonlari asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ilmiy saviya va mustaqil yondashuvni namoyon etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar. Mazkur tanlovning o‘tkazilishi Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 16-maqsad “Tinchliksevar va inklyuziv jamiyat qurishga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlovdan foydalanishni ta’minlash hamda barcha darajalarda samarali, hisobdor va inklyuziv institutlarni shakllantirish”, xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va barcha uchun odil sudlovga teng imkoniyat yaratishga qaratilgan 16.3-vazifani amalga oshirishga xizmat qiladi.

    JIDUda “Sokinlik kuni” inklyuziv muloqot tashabbusi o‘tkazildi

    JIDUda “Sokinlik kuni” inklyuziv muloqot tashabbusi o‘tkazildi

    2026-yil 15-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “The Day of Silence” — “Sokinlik kuni” nomli inklyuziv muloqot tashabbusi tashkil etildi. Mazkur tadbir universitet talabalari o‘rtasida inklyuziv muloqot madaniyatini rivojlantirish, imkoniyati cheklangan insonlar bilan o‘zaro tushunish, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, loyiha doirasida talaba-yoshlarga kundalik hayotda qo‘llaniladigan asosiy imo-ishora tili elementlarini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratildi. Tashabbus JIDU Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari hamda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 1-kurs talabalari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari faol ishtirok etib, muloqotning so‘zlardan tashqari shakllari, xususan, imo-ishora tili orqali insonlar o‘rtasida mehr va tushunish ko‘prigini yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirga tayyorgarlik jarayonida talabalar maxsus Telegram-kanal va video darsliklar orqali kundalik hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan 10 ta asosiy imo-ishora harakatlarini o‘rgandilar. Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu imo-ishoralarni tashkilotchilar hamda tengdoshlari oldida namoyish etdilar. Loyiha doirasida jamiyatda inklyuziv muloqotni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar orasida ijtimoiy faollik, hamdardlik va bag‘rikenglik madaniyatini oshirish kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida 10 ta imo-ishora harakatini muvaffaqiyatli bajargan talabalar “Inclusion Ambassador” — “Inklyuzivlik elchisi” sertifikatlari bilan taqdirlandilar. “Sokinlik kuni” tashabbusi talabalar uchun nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, balki jamiyatda tenglik, hurmat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini chuqur anglashga xizmat qilgan mazmunli maydon bo‘ldi.

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

    Joriy yilning 15-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari hamda “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari R.A. Arslonbekova, D.I. Allaberganova, Z.N. Akmalova, M.X. Batirova, N.B. Tashpulatova, F.Sh. Zaripova, X.A. Amadjonov hamda “Olmachi” MFY vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu hamkorlik yosh avlodning ma’naviy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishida, shuningdek, sog‘lom va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil ekani qayd etildi. Muloqot davomida “Olmachi” MFY bilan hamkorlikda joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ingliz tili bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, mahalla hududidagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlash hamda yoshlar bilan tizimli muloqot olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash, voyaga yetmagan yoshlar orasida ta’limga qiziqishni oshirish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini xorijiy tillarni o‘rganishga jalb etish borasidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida 20–30 yosh oralig‘idagi ishsiz ayollar uchun ingliz tili mashg‘ulotlarini tashkil etish, kam ta’minlangan oilalardagi voyaga yetmagan yoshlarni ingliz tilini o‘rganishga jalb qilish, ularni zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalarga muntazam ma’lumot berib borish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bundan tashqari, mahalla faollari, oqsoqollar, professor-o‘qituvchilar, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda uchastka profilaktika nozirlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Uchrashuv yakunida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” tizimidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, taklif etilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda doimiy monitoring yuritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.