
Texnikum bitiruvchilari uchun qabul
Yuridik texnikum bitiruvchilari
Yuridik texnikum (kollej) bitiruvchilari uchun qabul tartibi, muhim sanalar va yakka tartibdagi suhbat baholash mezonlari.
Muhim sanalar
Hujjat topshirish
5 – 25 iyul
Maslahat kuni
10 avgust
Yakka suhbat
15 avgust
O‘tish bali
Min. 71%
Qabul bosqichlari
1
Ariza topshirish (5 – 25 iyul)
Elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Diplom va uning ilovasi PDF formatda yuklanadi. Natija shaxsiy kabinet orqali xabar qilinadi.
2
Maslahat kuni (10 avgust)
Abituriyentlarga imtihon tartibi, baholash mezonlari va uni o‘tkazish jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi.
3
Yakka suhbat (15 avgust)
Abituriyent kamida 1 hafta oldin xabardor qilinadi. Biometrik pasport (ID-karta) majburiy. Davomiyligi 30 daqiqagacha.
4
Baholash (100 ballik tizim)
4 ta mezon bo‘yicha baholanadi. 70% va undan past ball to‘plaganlar qabul qilinmaydi. 71% va undan yuqori ball to‘plagan, biroq o‘rinlar doirasiga kirmagan abituriyent ham qabul qilinmaydi.
5
Aloqa
Savollar bo‘yicha: chat-box (uwed.uz) yoki +998 71 267 07 06 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Yakka tartibdagi suhbat mezonlari
| # | Baholash mezoni | Maksimal ball |
|---|---|---|
| 1 | Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish | 25 |
| 2 | Ixtisoslikni tanlashda motivatsiya | 25 |
| 3 | Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (intizomlilik, mas’uliyatlilik va h.k.) | 25 |
| 4 | Yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalar | 25 |
| Maksimal jami | 100 | |