Test Title

Test Title

    I. Bo'sh lavozimlar ro'yxati

    1. "Ingliz tili" kafedrasi — dotsent (2 ta), katta o'qituvchi (7 ta), o'qituvchi (9 ta);
    2. "Yevropa va turkiy tillar" kafedrasi — kafedra mudiri, katta o'qituvchi (fransuz tili – 2 ta, nemis tili), o'qituvchi (ispan tili, turk tili);
    3. "Sharq tillari" kafedrasi — kafedra mudiri, dotsent (yapon tili), katta o'qituvchi (xitoy tili – 2 ta, koreys tili), o'qituvchi (koreys tili, xitoy tili);
    4. "O'zbek va rus tillari" kafedrasi — professor (j.t.), dotsent (o'zbek tili, jismoniy tarbiya), katta o'qituvchi (rus tili), o'qituvchi (rus tili, o'zbek tili – 2 ta, jismoniy tarbiya – 2 ta);
    5. "Siyosatshunoslik" kafedrasi — professor (3 ta), dotsent (2 ta), katta o'qituvchi (2 ta), o'qituvchi;
    6. "Xalqaro munosabatlar" kafedrasi — kafedra mudiri, professor (2 ta), dotsent (4 ta), katta o'qituvchi, o'qituvchi (2 ta);
    7. "Xalqaro iqtisodiyot" kafedrasi — dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi;
    8. "Xalqaro moliya va investitsiyalar" kafedrasi — kafedra mudiri, professor, dotsent (3 ta), katta o'qituvchi (2 ta), o'qituvchi;
    9. "Tizimli tahlil va matematik modellashtirish" kafedrasi — professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi (3 ta);
    10. "Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari" kafedrasi — professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi;
    11. "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi — kafedra mudiri, professor, dotsent (2 ta), katta o'qituvchi (3 ta), o'qituvchi.

    II. Topshiriladigan hujjatlar

    Quyidagi hujjatlar 2026-yil 4-mayidan 2026-yil 4-iyunigacha (shu kuni ham) muddatda topshiriladi:

    • ariza (qo'lda yozilgan, PDF);
    • fotosuratli shaxsiy varaqa (obyektivka);
    • oliy ma'lumot haqidagi diplom nusxalari (PDF);
    • ilmiy daraja va unvonlar haqidagi diplomlarning nusxalari (PDF);
    • ilmiy ishlar ro'yxati (3.4-shakl, PDF);
    • malaka oshirish to'g'risidagi guvohnomalar nusxalari (PDF);
    • telefon raqami.

    III. Nomzodlarga qo'yiladigan malaka talablari

    • magistr darajasiga (oliy ma'lumotga) ega bo'lishi (xorijda ta'lim olgan, malaka oshirgan yoki stajirovka o'tgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
    • o'zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi;
    • ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo'lishi;
    • pedagogik faoliyatida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi;
    • namunaviy shaxsiy fazilatlarga — intellekt, madaniyatlilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi zarur.

    Murojaat uchun telefon: +998 71 267-65-40

    Yopilishigacha 33 kun 21 soat