JIDUda “Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlar tarannumi

JIDUda “Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlar tarannumi

    JIDUda “Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlar tarannumi

    JIDUda “Milliy liboslar kuni” – milliy qadriyatlar tarannumi

    2025-yil 17-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida “Milliy liboslar kuni” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

    Tadbir davomida talaba yigit va qizlar tomonidan milliy liboslar namoyishi o‘tkazilib, ularning tarixiy rivojlanish yo‘nalishlari, o‘ziga xos bezaklari hamda zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashgan yangi uslublari namoyish etildi. Milliy liboslar qadriyatlarimizni ifodalab, zamonaviy moda tendensiyalarida ham o‘z o‘rniga ega ekanligi bilan e’tiborni tortdi.

    Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham ushbu kunda milliy liboslarda ishtirok etishdi. Bu esa milliylikka, an’ana va qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor ifodasiga aylandi.