JIDUda “Eng savodxon talaba” ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi

JIDUda “Eng savodxon talaba” ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi

    JIDUda “Eng savodxon talaba” ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi

    JIDUda “Eng savodxon talaba” ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi

    Globallashuv davrida har bir xalqning o‘z tili, madaniyati va milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi, ularni kelajak avlodga yetkazishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan o‘zbek tilini chuqur bilish va undan to‘g‘ri foydalanish nafaqat har bir fuqaroning burchi, balki jamiyatning ma’naviy rivoji, ilm-fan va madaniyat sohalarida taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. O‘zbek tili xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va mustaqilligimiz ramzidir.

    Bugungi kunda har bir yosh avlod o‘zbek tilining bebaho ma’naviy merosi, o‘ziga xos leksik boyligi va ifoda vositalarini puxta o‘rganishi, ularni amaliyotda qo‘llashi zarur. Ayniqsa, o‘zbek tili davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida – hayotimizning barcha jabhalarida faol qo‘llanilayotgan bir paytda har bir mutaxassis davlat tilida ravon so‘zlasha olish, og‘zaki va yozma nutq me’yorlariga amal qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan o‘zbek tili oyligi doirasida “Eng savodxon talaba” diktant tanlovi o‘tkazildi.

    Tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida o‘zbek tilining nufuzini oshirish, imlo savodxonligini mustahkamlash, yoshlar orasida adabiy tilda to‘g‘ri yozish va so‘zlash madaniyatini keng targ‘ib etishdan iboratdir.

    Tanlovda barcha fakultetdan 1-2-kurs talabalari hamda akademik litsey o‘quvchilari bilan umumiy 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, o‘z bilim va savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. Diktant matni ishtirokchilarning imlo, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yozma nutq madaniyatini aniqlash maqsadida tanlab olindi.

    Mazkur tanlov o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyish etish, yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.