O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili ishtirokida JIDU talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 15-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi vakili R.Gaziyev bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

    Tadbir davomida ishtirokchilar axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash usullari bilan batafsil tanishtirildi. Xalqaro munosabatlarning dolzarb muammolarini tizimli tadqiq etishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro vaziyatlarni modellashtirish va ekspert baholashning bir qancha jihatlari ko‘rib chiqildi. Taqdimotda diplomatik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga, shuningdek, xalqaro huquq sohasiga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

    Ma’ruzachi dars davomida talabalarning faol ishtirokini ham rag‘batlantirdi. Xususan, zamonaviy xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilinib, takliflar bildirildi. Mazkur masalalar yuzasidan talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol fikr almashildi.

    Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.