JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani taʼkidlandi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida urg‘u berilib, bu jarayonda parlamentlarning o‘rni muhim ekani qayd etildi.

    Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi parlamentlararo muloqotni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Madaniy-gumanitar aloqalarni, taʼlim, turizm va ilm-fan yo‘nalishidagi sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik yana-da mustahkamlanishiga, ikki davlat xalqlari manfaatlari yo‘lida belgilangan rejalar faol amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.