JIDU talabalari uchun ekolog tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

JIDU talabalari uchun ekolog tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun ekolog tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

    JIDU talabalari uchun ekolog tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

    2025-yilning 8-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Atrof-muhit siyosati” fani doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekologik taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i I.I. G‘ulomov tomonidan ochiq mahorat darsi o‘tkazildi.

    Ma’ruzada I. G‘ulomov Ekologiya vazirligining tuzilishi va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, uning bo‘linmalari faoliyatini yoritdi, hamda O‘zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsiyalar haqida  tushuntirib berdi. Shuningdek, u davlat ekologiya siyosati, hamkorlik sohalari, “Yashil makon” dasturining o‘ziga hos xususiyati, “yashil” tashabusslar, chiqindilarni qayta ishlash mehanizmlari, qo‘shni davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik, ekostrategiyalar olib borilishdagi to‘siqlar va imkoniyatlar haqida  ma’lumot berib o‘tdi.

    O‘zining boy kasbiy tajribasiga tayangan holda, I. G‘ulomov “Atrof-muhit siyosati” fanidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning amaliy ahamiyatini ta’kidladi va ularning real ekologiya siyosatida qanday qo‘llanilishini ko‘rsatib berdi.

    Mazkur uchrashuv talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy misollar bilan boyitish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va professional javoblar olish imkonini berdi. Bunday tadbirlar universitetning davlat idoralari bilan hamkorligini mustahkamlashga, hamda siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.