JIDUda “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman!” aksiyasi tashkil etildi

    Joriy yilning 31-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qon donorligi haftaligi” doirasida “Men donorman!” aksiyasi tashkil etildi. Tadbir yoshlar orasida beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratildi.

    Aksiya davomida ishtirokchilarga donorlikning ahamiyati haqida ma’lumot berilib, qon topshirish jarayoni maxsus tibbiy brigada tomonidan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda amalga oshirildi.

    Donorlar dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi. Tadbir universitet jamoasi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, yoshlar orasida insonparvarlik va ijtimoiy faollikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.