JIDU talabalari Germaniyada o‘qish uchun DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdi

JIDU talabalari Germaniyada o‘qish uchun DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdi

    JIDU talabalari Germaniyada o‘qish uchun DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdi

    JIDU talabalari Germaniyada o‘qish uchun DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdi

    Yangilanayotgan O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini istisnosiz qamrab oldi. Ular, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, uning mavqeini yuksaltirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, yuksak salohiyatli, zamonaviy bilim va ijodiy tafakkurga ega, shuningdek, xorijiy tillarni mukammal egallagan yosh mutaxassislarni tayyorlash strategik maqsadlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish hayotning deyarli barcha jabhalarida muvaffaqiyat garovidir.

    Mahalliy folklor, urf-odatlar va til singari nomoddiy madaniy merosni hisobga olish va asrab-avaylashga doir loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan “Madaniy merosni hisobga olish va asrab-avaylash” nomli 11.2.6-Barqaror Rivojlanish Maqsadiga muvofiq, “Yevropa va turkiy tillar” kafedrasida nemis tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganayotgan 3-bosqich talabalari 2025-yilning kuzida o‘tkazilgan xalqaro saralash tanlovida qatnashib, 2026-yil mart oyi boshida DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) stipendiyasini qo‘lga kiritdilar.

    DAAD yozgi til maktabi — bu nemis tili va mamlakatshunoslik, ya’ni umumiy tilshunoslik bilimlari va kompetensiyalarini chuqurlashtirish, shuningdek, kasbga yo‘naltirilgan til ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining DAAD tomonidan taqdim etilgan grantlarni yutib olgani va yozda ushbu grant asosida Germaniyada o‘qishi universitetimizda talabalarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash hamda ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali 4-BRMga erishish uchun barcha sharoitlar mavjudligidan dalolat beradi, bu esa o‘z navbatida 11-BRMning bajarilishiga xizmat qiladi.

    Talabalarimiz Germaniyaning quyidagi nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil oladilar:

    3-bosqich talabalari:

    Mohira Oltiyeva– Gyote Instituti, Bonn shahri

    Sanjar Tilavoldiyev– Geydelberg universiteti, Geydelberg shahri

    G‘oliblarimizni tabriklaymiz!