JIDUda Vengriyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

JIDUda Vengriyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Vengriyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Vengriyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 14-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Vengriya xalqaro munosabatlar institutining bosh maslahatchisi va katta ilmiy xodimi, Ishtvan Secheni universiteti (Dyor, Vengriya) Mintaqaviy va iqtisodiy fanlar doktorlik maktabi dekani, doktor Vasha Lashlo hamda Ishtvan Secheni universitetining Kauts Gyula biznes va iqtisodiyot fakulteti dekani, dotsent Sandor Remsei tashrif buyurishdi.

    Tashrif doirasida professor Vasha Lashlo va professor Sandor Remsei JIDU talabalari uchun “Vengriyaning tashqi siyosati va Vengriyada oliy ta’lim tizimi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazishdi. Ma’ruzada professor Lashlo Vengriya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, ayniqsa, xalqaro hamkorlikni diversifikatsiya qilish va hamkor davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash zarurligini atroflicha yoritdi.

    Shuningdek, talabalarga Vengriyada oliy ta’lim tizimi, xususan, Stipendium Hungaricum grant dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu dastur xorijiy talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi, o‘qish, yashash va stipendiya xarajatlarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, Yevropada ta’lim olish, ilmiy izlanishlar olib borish va xalqaro tarmoqda tajriba orttirish imkoniyatlarini taqdim etishi ta’kidlandi.

    Ma’ruza yakunida faol savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Talabalar Vengriya tashqi siyosatining dolzarb jihatlari, ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, grant dasturlari va Vengriyada ta’lim olish tartibi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.