JIDU vakili raqobat huquqi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

JIDU vakili raqobat huquqi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

    JIDU vakili raqobat huquqi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

    JIDU vakili raqobat huquqi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Solixa Abduraximova Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Indian Technical and Economic Cooperation (ITEC) dasturi doirasida Jodxpur Milliy Huquq Universiteti (Hindiston) tomonidan tashkil etilgan raqobat huquqi bo‘yicha maxsus malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.

    2026-yil 8-20-mart kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu dastur raqobat huquqining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha professional bilimlarni chuqurlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Unda xalqaro ekspertlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy iqtisodiy muhitda raqobat huquqini qo‘llashning asosiy mexanizmlari keng yoritildi.

    Dastur doirasida raqobat huquqining nazariy asoslari, raqobatga zid kelishuvlar, mavqeni suiiste’mol qilish holatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashuvlari ustidan nazorat, shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobat huquqining o‘ziga xos jihatlari batafsil muhokama qilindi. Bundan tashqari, davlat siyosati va tarmoq tartibga solinishi, davlat xaridlari tizimi hamda global raqobat huquqining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha muhim mavzular ham qamrab olindi.

    Ushbu dastur BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi - “Tinchlik, adolat va kuchli institutlar”, xususan, 16.3-band - qonun ustuvorligini ta’minlashni ilgari surish, shuningdek, 17-Barqaror rivojlanish maqsadi, xususan, 17.6-band - fan, texnologiya va innovatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bilim almashinuvini kengaytirishga hissa qo‘shadi.