
Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!
Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2027-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:
08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (PhD - 3 kvota, DSc - 1 kvota);
12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (PhD - 1 kvota);
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (PhD - 1 kvota);
12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (PhD - 2 kvota);
12.00.10 – Xalqaro huquq (PhD - 2 kvota, DSc - 1 kvota);
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (PhD - 3 kvota, DSc - 1 kvota).
Talabgorlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar https://daraja.ilmiy.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Talab etiladigan hujjatlar va ularni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil https://lex.uz/docs/3213407 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
Tayanch doktorantura (PhD), doktoranturaga (DSc) hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar til sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 54-uy, JIDU, Oliy ta’limdan keying ta’lim ofisi.
Tel.: (998 71) 267-67-69, (+998 90) 817-60-84, (+998 90) 989-38-68
Telegram: @uwed_official



