Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan mahorat darsi o‘tkazildi

Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan mahorat darsi o‘tkazildi

    Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan mahorat darsi o‘tkazildi

    Harbiy-siyosiy diplomatiya fanidan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 26-mart kuni Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Xorijiy tillari maktabi dekani Dilshod Yakubov ishtirokida JIDU 2-kurs talabalari uchun “Harbiy-siyosiy diplomatiya” fani doirasida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur darsdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning xalqaro munosabatlar, diplomatik muzokaralar olib borish hamda harbiy-siyosiy jarayonlarni tahlil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

    Mahorat darsi davomida talabalarga zamonaviy geosiyosiy vaziyat, davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlik, xavfsizlik masalalari hamda diplomatiyaning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda mutaxassis o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, real hayotiy misollar asosida muhim tavsiyalar berdilar. Bu esa talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

    Mahorat darsi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni yetuk mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.