JIDUda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

JIDUda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

    JIDUda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

    JIDUda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan holatlarda o‘quvchi, talaba va professor-o‘qituvchilarning tezkor va to‘g‘ri harakat qilish malakasini mustahkamlash, shuningdek, ularning xavfsizlikka oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

    Mashg‘ulot davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan yong‘in, zilzila, texnogen avariya va boshqa turdagi favqulodda holatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan harakatlar amaliy tarzda namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘rtasida yong‘in o‘chirish texnik vositalaridan foydalanish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi muhim ko‘nikmalar mashq qilindi.

    Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari davomida talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, inqirozli holatlarda sarosimaga tushmaslik, jamoaviy harakat muhimligini anglash kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

    Mazkur tadbir nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, balki yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirishda ham muhim o‘rin tutdi. O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning faolligi va mas’uliyati yuqori darajada bo‘lib, ular xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda faol ishtirok etdilar.

    Bunday mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib, universitetda xavfsizlik muhitini ta’minlash, talabalarda mas’uliyat va ogohlik hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.