“Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

“Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

    “Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

    “Ishonch maktabi”: Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar va yuksak kasbiy salohiyat asosi

    2026-yil 11–14-avgust kunlari Yangiyo‘l shahrida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglar uchun “Ishonch maktabi” o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

     Mazkur seminar Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar Jamiyati Markaziy boshqaruvi tomonidan tashkil etildi. Tadbir ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy mustaqilligini mustahkamlash hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga qaratildi.

    Seminar O‘zbekiston Respublikasida teng imkoniyatlar, inson huquqlari, kamsitmaslik va ijtimoiy inklyuziya tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, “Sifatli ta’lim” va “Tengsizlikni kamaytirish” yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda tashkil etildi.

    Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti psixologi Nargiza Norova hamda 3-bosqich talabasi Inklyuziya klubi koordinatori Davlatova Kamola ishtirok etdi. N.Norova inklyuziv muhitni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yuzasidan mazmunli nutq sozladi. U oz nutqida talaba-yoshlarning inklyuziv talim va inklyuziv jamiyatni rivojlantirishdagi orni, tengdoshlarni qollab-quvvatlash, bagrikenglik, ozaro hurmat va yoshlarning ijtimoiy masuliyati masalalariga toxtaldi. K.Davlatova yoshlarning inklyuziv madaniyatni shakllantirishdagi faolligi, teng imkoniyatlarni qollab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari va ijtimoiy masuliyatining ahamiyatini takidladi. Shuningdek, jamiyatdagi stereotip va ijtimoiy tosiqlarni kamaytirish, empatiya, ozaro hurmat va inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning psixologik jihatlarini yoritdi.

    Tadbir davomida inklyuziv talimni rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, zamonaviy va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, kasbiy mustaqillikni mustahkamlash, psixologik qollab-quvvatlash hamda talim muhitida teng imkoniyatlarni taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

    Ta’kidlanganidek, inklyuziv muhitni shakllantirish faqat jismoniy va texnik shart-sharoitlarni yaratish bilan cheklanmaydi. Shaxsning o‘zini qadrlangan, tinglangan, qo‘llab-quvvatlangan va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi ham inklyuziyaning muhim tarkibiy qismidir.

    Seminar doirasidagi muhokamalarda inklyuziyaga inson huquqlari, teng imkoniyatlar, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida yondashish zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim sharti ekani qayd etildi.

    Inklyuziv ta’limni rivojlantirish BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un ravishda inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

    Shu ma’noda, “Ishonch maktabi” kabi o‘quv-amaliy tashabbuslar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy mustaqilligini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuziv jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.

    Seminar yakunida faol ishtirokchilar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ham sertifikat bilan taqdirlandi.

    Mazkur tashabbus ta’limda teng imkoniyatlarni kengaytirish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zaro hurmat va ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan inklyuziv madaniyatni rivojlantirish hamda barqaror jamiyat qurish yo‘lidagi amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.