«Mahallada nizolarni oldini olish: mediatsiya va murosaga keltirish mexanizmlari»

«Mahallada nizolarni oldini olish: mediatsiya va murosaga keltirish mexanizmlari»

    «Mahallada nizolarni oldini olish: mediatsiya va murosaga keltirish mexanizmlari»

    «Mahallada nizolarni oldini olish: mediatsiya va murosaga keltirish mexanizmlari»

    Joriy yilning 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor o`qituchilari Sherzodbek Masadikov, Shohrux Umirzoqov va Rushana Sa`dullayevalar Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig`inida, mahalla yettiligi va ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan birgalikda nizolarni hal etish jarayoniga oid huquqiy jihatlar va mediatsiya jarayoniga oid so`ngi qonunchilikka doir yangiliklar bo`yicha suhbat amalga oshirildi.

    Davra suhbati davomida nizolarni hal etish jarayonining huquqiy asoslari, mediatorning vakolatlari, taraflarni tinglash va neytral muhitni ta’minlashning ahamiyati kabi masalalar keng yoritildi. Shuningdek, mediasiya bo‘yicha so‘nggi qonunchilik yangiliklari, amaliyotda uchraydigan holatlar va mahalla darajasida qo‘llash mumkin bo‘lgan yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi.

    Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, real vaziyatlar misolida mediatsiya jarayonining afzalliklari tushuntirildi. Suhbat mazmunan samarali o‘tib, mahallada tinchlik, totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda mediatsiyaning o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi.

    Davra suhbati Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida huquqiy madaniyatni oshirish va sifatli ta’limni targ‘ib qilish, xususan, jamiyatda nizolarning oldini olish, odil va tinch yo‘l bilan hal qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilish, xususan, BRMning tegishli bandlaridagi vazifalarini amalda bajarishga qaratilgan bo‘lib, mahalla aholisi bilan muntazam hamkorlikni mustahkamlashga zamin yaratdi.

    Shuningdek, uchrashuv mahallada faoliyat yuritayotgan mas’ullar va aholi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglashini ta’minlash, hamda zamonaviy mediatsiya institutidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir yakunida mahalla bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida kelishuvga erishildi.