JIDU inklyuziv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda: talabalar va o‘qituvchilar “Tabassum Inclusion” markazi tadbirlarida ishtirok etdilar

JIDU inklyuziv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda: talabalar va o‘qituvchilar “Tabassum Inclusion” markazi tadbirlarida ishtirok etdilar

    JIDU inklyuziv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda: talabalar va o‘qituvchilar “Tabassum Inclusion” markazi tadbirlarida ishtirok etdilar

    JIDU inklyuziv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda: talabalar va o‘qituvchilar “Tabassum Inclusion” markazi tadbirlarida ishtirok etdilar

    2025-yilning 10-11-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Tabassum Inclusion” ijtimoiy reabilitatsiya markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

    Tashrif doirasida ishtirokchilar inklyuziv ijodga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tomosha qildilar. Unda imkoniyati cheklangan bolalarning asarlari: rasmlar, qo‘lda yasalgan sopol buyumlar, bezakli xarid sumkalari, shuningdek, sovun asosidagi xushbo‘y mahsulotlar namoyish etildi. Ko‘rgazma 8-11-may kunlari bo‘lib o‘tdi va inklyuziv ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olayotgan bolalarning iste’dodi hamda ijodkorligining yorqin namoyishiga aylandi.

    JIDU talabalari bolalar va Yoshlar ittifoqi kongillilari bilan birgalikda rasm chizish, haykaltaroshlik, qol mehnati buyumlarini tayyorlash va esdalik sovgalar yaratish boyicha bir qator mahorat darslarida qatnashdilar. Eng samimiy lahzalardan biri birgalikda limonad tayyorlash va korgazma mehmonlariga uni taqdim etish boldi. Bunday tadbirlar nafaqat bolalarda muloqot va ijtimoiy moslashuv konikmalarini rivojlantiradi, balki yoshlarda inklyuziv munosabat va ijtimoiy hamkorlik madaniyatini ham shakllantiradi.

    Kafedra oqituvchilari ham xayriya yarmarkasida ishtirok etib, Markaz tarbiyalanuvchilari tomonidan yaratilgan buyumlarni sotib olish orqali oz hissalarini qoshdilar. Yig‘ilgan mablag‘lar Markazning ta’lim va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

    Shahnoza Ikromova boshchiligidagi “Tabassum Inclusion” ijtimoiy reabilitatsiya markazi imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatib, inklyuziv ta’lim qadriyatlarini targ‘ib qilmoqda. Markaz nafaqat poytaxt, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi bolalarga ham bepul ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini taqdim etadi. Markazda universal dizayn tamoyillari asosida yaratilgan qulay va xavfsiz infratuzilma mavjud bo‘lib, bu bolalarga qulay va moslashtirilgan muhitda ta’lim olish imkonini beradi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Tabassum Inclusion” markazi faoliyatidagi ishtiroki universitetning barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, inklyuzivlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish bo‘yicha vazifasini amalga oshirishning bir qismi bo‘ldi.