JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘tkazilgan maxsus stipendiya tanlovida g‘olib bo'lishdi

JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘tkazilgan maxsus stipendiya tanlovida g‘olib bo'lishdi

    JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘tkazilgan maxsus stipendiya tanlovida g‘olib bo'lishdi

    JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘tkazilgan maxsus stipendiya tanlovida g‘olib bo'lishdi

    Joriy o‘quv yilining sentabr oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 22 nafar iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘tkazilgan maxsus stipendiya tanlovida g‘olib sifatida e`tirof etildi!

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan maxsus stipendiya tanlovining joriy yilgi natijalariga ko‘ra,  Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti moliya va boshqa iqtisodiy yo‘nalishdagi fakultetlar orasida stipendiya sohiblari soni bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi.

    Markaziy Bank stipendiyasi iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun eng nufuzli dasturlardan biri bo‘lib, maqsadi iqtidorli va istiqbolli yosh mutaxassislarga moliyaviy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishdir.

    Bu yilgi saralash bosqichida respublika boʻylab 600 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi va umumiy natijalarga ko‘ra 49 nafar talaba Markaziy Bank stipendiyasiga nomzod sifatida e`lon qilindi (ulardan 22 nafari JIDU talabalari hisoblanadi).

    Endilikda har bir stipendiat oktabr oyidan boshlab 9 oy davomida Markaziy Bankning tarkibiy boʻlinmalarida amaliyot oʻtaydi va bank faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻladi.Quyida esa Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining Markaziy Bank stipendiyasi sovrindoriga aylangan 22 nafar talabalarimiz ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

    1.                     Yaxyayev Dostonjon Islombekovich

    2.                     Murodjon Sagdiddinov Rahimjonovich

    3.                     Ortigʻaliyev Ulugʻbek Feruzjon oʻgʻli

    4.                     Urinov Javohirbek Umidbek oʻgʻli

    5.                     Abduxalimov Behruzbek Joʻrabek oʻgʻli

    6.                     Abdumurodov Golibjon Abdumalikovich

    7.                     Azadov Ogʻabek Erkinjon oʻgʻli

    8.                     Otabekov Komronbek Jasur oʻgʻli

    9.                     Abdullayev Nuriddin Faxritdinovich

    10.                 Muhammadazizbek Yunusov Faxriddinovich

    11.                 Iskandarov Mustaffo Shuxratovich

    12.                 Sobirov Bobir Ozod oʻgʻli

    13.                 Usmonov Humoyun Shavkatjon oʻgʻli

    14.                 Poʻlatov Olmosbek Xusan oʻgʻli

    15.                 Tojiboyev Maxmudjon Akbarjon oʻgʻli

    16.                 Xudoynazarova Begoyim Norbek qizi

    17.                 Sayitqulov Abdusalimjon Shoirjon oʻgʻli

    18.                 Temirov Ahmadjon Javli oʻgʻli

    19.                 Togʻayev Jasurbek Mashraf oʻgʻli

    20.                 Fazliddin Akramov Sadirjon oʻgʻli

    21.                 Xushvaktov Komronbek Nodirbek oʻgʻli

    22.                 Sanoqulov Asilbek Elbek oʻgʻli