“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Joriy yilning 17-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh.Masadikov, B.Hamroqulov, N.Raimova, D.Imamova, G.Lobanova, Q.Nosirov va Sh.Umirzoqovlar Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “OltintepaMFYda mahalla yettiligi va ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

    Uchrashuv davomida 2026-yilning O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqbolda rejalashtirilayotgan vazifalar yuzasidan batafsil suhbat olib borildi. Mutaxassislar tomonidan mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, fuqarolar faolligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va aholi muammolarini joyida hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    Suhbat davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

    Mazkur uchrashuv “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mahalla tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.