
Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 04-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari vakillari hamda diplomatik korpus a’zolarini bir joyga jamladi.
Tantanali tadbirni ochishda JIDU Akademik ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov bitiruvchilarni qutlab, ularning universitet taraqqiyoti va O‘zbekiston istiqboliga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida yuqori o‘zlashtirish va faol jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turgan 25 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirildi. Qolgan bitiruvchilarga ham JIDU rahbariyati tomonidan diplom va sertifikatlar topshirdilar.
Shundan so‘ng universitetdagi yorqin hayot va talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.
Tadbir talabalar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar va bayramona konsert bilan yakuniga yetdi.