JIDU va davlat tashkilotlari harakatlarni birlashtirdi: gender tengligi siyosatini ilmiy qo‘llab-quvvatlanishi

JIDU va davlat tashkilotlari harakatlarni birlashtirdi: gender tengligi siyosatini ilmiy qo‘llab-quvvatlanishi

    JIDU va davlat tashkilotlari harakatlarni birlashtirdi: gender tengligi siyosatini ilmiy qo‘llab-quvvatlanishi

    JIDU va davlat tashkilotlari harakatlarni birlashtirdi: gender tengligi siyosatini ilmiy qo‘llab-quvvatlanishi

        2024-yil 26-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqbolli vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari bilan hamkorlikda milliy dasturlar tashabbusi asosidagi amalga oshirilgan  gender tengligi masalalari bo‘yicha siyosatni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar taqdim etildi.

        Tadbir JIDU tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz hamda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida, davlat organlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan BMT tuzilmalari, xalqaro va moliyaviy tashkilotlar, xorijiy ekspertlar va olimlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida tashkil etildi.

         Konferensiyaning asosiy maqsadi – milliy dasturlar va xalqaro majburiyatlar, jumladan, BMTning “Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishni tugatish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qabul qilinganining 45 yilligini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish va gender tengligi sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

         Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S. Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z. Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori A. Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi raisi O. Parpibayeva, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori N. Egamberdiyeva ishtirok etdi. Konferensiyada, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan BMT tuzilmalari, xalqaro va moliyaviy institutlar rahbarlari, xorijiy ekspertlar va olimlar qatnashdi. Ayollar huquqlarini himoya qilish va tenglik masalalari mamlakatda yangi mazmun kasb etgani va davlat darajasida keng qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.

          Forum davomida ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasida olib borilgan kompleks ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdim etildi. Mutaxassislar gender zo‘ravonligiga qarshi kurashish mexanizmlari, kamsitishni bartaraf etishda tizimli yondashuv zarurligi, gender yondashuvini davlat siyosati va boshqaruvining turli sohalariga integratsiya qilish yo‘llarini batafsil muhokama qildilar.

         Xalqaro ilg‘or tajriba almashinuvi va qonunchilik hamda amaliy choralarni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar barqaror rivojlanishga erishish va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, gender tengligini amalga oshirishda davlat idoralari, ilmiy tashkilotlar va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi faoliyati muhimligini ta’kidladilar.

        Konferensiya yakunida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va gender tengligi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish hamda keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolli vazifalar belgilandi.

           Tadbirning muhim qismi sifatida, soha bo‘yicha vakolatli idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan, yetakchi olimlar, ekspertlar va davlat organlari vakillarining ilmiy maqolalari va ma’ruzalari kiritilgan konferensiya materiallari to‘plami nashr qilindi. To‘plamda sotsiologik va huquqiy tadqiqotlar natijalari, O‘zbekiston milliy qonunchiligi va xalqaro majburiyatlari tahlili, shuningdek, gender yondashuvini davlat boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan.

       To‘plam JIDUning Ilmiy-muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan rasmiy hujjat hisoblanadi va gender tengligi sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hujjat milliy va xalqaro dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan olimlar, davlat xizmatchilari va amaliyotchilar tomonidan keng foydalanilmoqda.

          Konferensiya va unga hamroh bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar universitet va davlat idoralari o‘rtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik natijasi bo‘lib, barqaror rivojlanish milliy siyosatini rivojlantirish hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etishga sezilarli hissa qo‘shdi. Bunday hamkorlik formati ilmiy-amaliy salohiyatni mustahkamlash va tadqiqot natijalarini davlat dasturlariga samarali joriy etishga xizmat qilmoqda.