JIDUda Mudofaa vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi

    20–31-iyul kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 25 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari va yuristlari uchun “Yurist va kadr” yo‘nalishida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

    Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar iqtisodiy bilimlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, O‘zbekiston huquq tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar ierarxiyasi, shuningdek, Mehnat kodeksining asosiy qoidalari va undagi yangiliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

    Darslar JIDUning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Kurs doirasida tinglovchilar uchun Amir Temur xiyoboni hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga madaniy-ma’rifiy tashriflar ham tashkil etildi.

    Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.