“Meros O‘zbekiston “yumshoq kuch” diplomatiyasi omili sifatida. Ma’nolar makoni” monografiyasi taqdimoti

“Meros O‘zbekiston “yumshoq kuch” diplomatiyasi omili sifatida. Ma’nolar makoni” monografiyasi taqdimoti

    “Meros O‘zbekiston “yumshoq kuch” diplomatiyasi omili sifatida. Ma’nolar makoni” monografiyasi taqdimoti

    “Meros O‘zbekiston “yumshoq kuch” diplomatiyasi omili sifatida. Ma’nolar makoni” monografiyasi taqdimoti

    2025-yil 7-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonning madaniy merosi mamlakatning xalqaro siyosatini va “yumshoq kuch” vositalarini shakllantirishdagi rolini yorituvchi monografiya taqdimoti o‘tkazildi. Monografiya muallifi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, falsafa fanlari doktori G‘aniyeva Shahnoza Hotamovnadir.

    Tadbir Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari, xorijiy davlatlar elchilari va O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari boshliqlari, ilmiy va akademik doiralarning nufuzli vakillari, madaniyat va san’at arboblari, mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tdi.

    Taqdimotda so‘zga chiqqanlar monografiyaning O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosining davlat tashqi siyosiy qiyofasini shakllantirishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan fundamental ilmiy tadqiqot sifatidagi dolzarbligini ta’kidladilar.

    Aytib o‘tilganidek, siyosiy ta’sir vositasi sifatida “yumshoq kuch”ni o‘rganish chuqur tarixga ega bo‘lgan noyob merosga ega O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, monografiya nafaqat madaniy diplomatiyaning mohiyatini ochib beradi, balki tarixiy merosning tashqi siyosatning muhim vositasiga qanday aylanishini ham ko‘rsatib beradi.

    Tadqiqot strategiyasi nufuzli muzeylar va qo‘lyozma fondlaridagi to‘plamlarni o‘rganishga asoslanadi. Bu to‘plamlarning ko‘pchiligi ilk bor batafsil tahlil uchun taqdim etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning qadimgi davridan XX asr birinchi yarmigacha bo‘lgan madaniyati va san’atini o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun bebaho ma’lumotlar manbaidir.

    Monografiyaning har bir bobi boy faktologik va tahliliy asosga ega bo‘lib, havolalar, izohlar va artefaktlar tavsiflari bilan ta’minlangan. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Sh.G‘aniyevaning ushbu asari nafaqat sof ilmiy tadqiqot, balki tashqi siyosat, madaniy diplomatiya, muzey ishi va sharqshunoslik sohasidagi mutaxassislar uchun amaliy qo‘llanma hamdir. Bir qator qoidalarni O‘zbekistonning madaniy strategiyalari va diplomatik tashabbuslarini ishlab chiqishda qo‘llash mumkin.

    Tadbir ishtirokchilarining fikricha, “Meros O’zbekiston “yumshoq kuch” diplomatiyasi omili sifatida. Ma’nolar makoni” monografiyasi nomli monografiya zamonaviy dunyoda tarix, san’at va siyosatning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi madaniy diplomatiya haqidagi ilmiy fikrni rivojlantirishga qo‘shilgan muhim hissadir.