Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

    Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

    Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

    Joriy yilning 3-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O. Yusupjonov tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash xonadonlariga tashrif buyurildi.

    Tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan sharoitlar o‘rganildi, ular bilan samimiy muloqot olib borildi hamda kundalik turmush tarzi, darslarga tayyorgarlik jarayonlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Tashrif chog‘ida kuz-qish mavsumi arafasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

     Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, sog‘lom muhitda ta’lim olishi, shuningdek, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.