JIDU talabasi “7-Markaziy Osiyo hukumatlari va yoshlari muloqoti”da O'zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi

    Joriy yilning 28-noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va yoshlar bilan muloqotni rivojlantirish maqsadida har yili bo‘lib o‘tadigan, 15-an’anaviy Markaziy Osiyo Tashqi Ishlar vazirlari oʻrinbosarlari uchrashuvi doirasida “7-Markaziy Osiyo hukumatlari va yoshlari muloqoti” boʻlib oʻtdi.

    Mazkur ushrashuvda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiyasi elchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-kurs talabasi Shoxrux Saidov O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.

    Sh. Saidov muloqot davomidagi chiqishida Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlashda yoshlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, ularning tashabbuslari va g‘oyalari hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini,  Mintaqaviy yoshlar va gender tengligi siyosati doirasida birgalikda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim almashinuvi  loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarni keltirib o‘tdi.