“Psixologik immunitetni mustahkamlash va tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish” yuzasidan psixoprofilaktik  davra suhbati o‘tkazildi

    Joriy yilning 25-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida psixolog N. Norova tomonidan “Lider qizlar” klubi koordinatori Abduraxmonova Munisa hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-son IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Lola Tursunaliyeva, M. Ulug‘bek tumani IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika katta inspektori katta leytenant Fotima Mavjudova hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida psixologik immunitetni mustahkamlash va tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish yuzasidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida huquqiy-profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

    Mazkur davra suhbati jarayonida talaba-qizlarga jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonliklarga barham berish hamda ularning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berildi. Talaba-qizlar tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi psixologik hamda huquqiy himoya mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

    Davra suhbati davomida podpolkovnik L.Tursunaliyeva tomonidan qonuniy himoya va huquqiy jihatdan talaba-qizlarga hayotiy misollar orqali ma’lumotlar berildi. Zoravonlik qurboniga aylanmaslik uchun murojaat manzillari aytib otildi.

    Suhbat davomida talaba-qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan izoh berib o‘tildi. Uchrashuvda talabalarda ongida zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda psixologik immunitetning barqaror bo‘lishi, huquqiy bilimlarini boyitish va o‘zini himoya qilish madaniyatini kuchaytirish, butun jamiyatni himoya qiladi degan tushuncha berildi.

    Tashkil etilgan psixoprofilaktik hamda huquqiy-profilaktik tadbir talaba-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka uchramaslik yuzasidan ma’lumot olishga va zo‘ravonlikka uchraganda darhol tegishli organlarga yoki tashkilotlarga murojaat qilish to‘g‘risida ma’lumotlar olishga imkoniyat berdi. Ma’lumot sifatida ishonch telefonlari qoldirildi.