JIDUda Malaya Universiteti professorlari ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

JIDUda Malaya Universiteti professorlari ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Malaya Universiteti professorlari ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Malaya Universiteti professorlari ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 22-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Malayziyaning Malaya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga professor Asmaq Ab Rahman, professor Azizi Che Siman, doktor Kamaruzaman Nurdin va doktor Nor Fahimah Mohd Razif kirdi. Tashrif doirasida talabalarga ma’ruzalar o‘qildi va JIDU rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Ma’ruzalar ikki qismga bo‘lindi. Birinchi qismda professor Asmak Ab Rahmon va doktor Nor Faximah Mohd Razif so‘zga chiqib, islomiy ijtimoiy moliya konsepsiyasi va islom huquqi mohiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

    Birinchi qism yakunlangach, Malaya universiteti delegatsiyasining JIDU rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Suhbat davomida tomonlar kelgusi hamkorlik istiqbollari bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Muzokaralar chog‘ida asosiy tashabbuslar sifatida talabalar akademik mobilligi va amaliyot dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini tashkil etish, xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, qo‘shma konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish masalalari ilgari surildi.

    Uchrashuvdan so‘ng ma’ruzaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda professor Azizi Che Seman va doktor Kamaruzaman Nurdin so‘zga chiqdi. Ma’ruza davomida ular islomiy sug‘urtaning mohiyati haqida so‘zlab berishdi.

    Dastur yakunida JIDU talabalari ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar zamonaviy sharoitda islom moliyasi tamoyillarini amalda qo‘llash bilan qiziqdilar. Ma’ruzachilar barcha savollarga batafsil va sodda shaklda javob berib, iqtisodiyot va huquq sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar uchun islomiy moliya tizimini chuqur o‘rganish muhimligini ta’kidladilar.