JIDU Yuridik klinikasida sayyor sud majlisi o‘tkazildi: talabalar professional huquq himoyachilari rolini o‘zlarida sinab ko‘rdilar

    Joriy yilning 17 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Yuridik Klinikasida Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudining sayyor majlisi bolib otdi. Jarayonga raislik qilgan sudya A. Kamarov bilan birga tadbirni Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupjonov, Yuridik Klinikasi direktori Z. Ubaydullaev hamda klinika kuratorlari I. Cherkashina va G. Mayorova kuzatib bordilar.

    Ikki fuqarolik ishi bo‘yicha talaba-klinitsistlar da’vogarlik va javobgarlik rollarini o‘z zimmasiga olib, dalillar bazasini tayyorladilar, huquqiy pozitsiyalarni shakllantirib, sud bahslarida faol himoya qildilar. Sudya A. Komarov ularning qonuniy normalar bilan ishlash ko‘nikmasi va dalillash darajasini alohida e’tirof etdi.

    Har bir ish bo‘yicha qaror e’lon qilinganidan so‘ng, sudya motivatsion qismini batafsil sharhlab, yosh yuristlar tez-tez yo‘l qo‘yadigan xatolarni tahlil qildi. Kelajak klinitsistlari isbotlash strategiyasini kuchaytirish, sud etikasi va protsess ishtirokchilari bilan samarali muloqot bo‘yicha aniq tavsiyalar oldilar.

    JIDU Yuridik Klinikasi turli instansiyalar bilan hamkorlikda muntazam sayyor majlislarni davom ettiradi. Bu interaktiv yondashuv talabalarni professional ko‘nikmalar bilan boyitish barobarida, ularning xalqaro huquqiy karyera uchun zarur liderlik fazilatlarini ham rivojlantiradi.