
“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari bilan “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari uchrashdi
“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari bilan “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari uchrashdi

Joriy yilning 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari Sh. Shakirova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan besh muhim tashabbusning mazmun-mohiyati, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda 80 dan ziyod talaba faol ishtirok etdi.
Tadbirkorlik, kitobxonlik, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan dasturlar yuzasidan talabalarning fikr va takliflari tinglandi.
Mazkur uchrashuv talabalarning tashabbuskorligini oshirish, ularni ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishga undash hamda “Besh muhim tashabbus” g‘oyalarini chuqur anglashga xizmat qildi.
| Sana: | 28.10.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 27 |
| Ulashish: |




