JIDU 1 kurs talabalari uchun huquqiy madaniyat va  kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

     Joriy yilning 5-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari ishtirokida huquqiy savodxonlik va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

    Tadbir davomida universitetning profilaktika inspektori Sh.Boymatov talabalar bilan uchrashib, universitet hududiga kirish-chiqish tartibi, odob-axloq qoidalari, shuningdek huquqbuzarlik tushunchasi va uning turlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

    Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi vakili tomonidan talabalarga kiberhujumlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, oldini olish choralari yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi.

    Tadbir doirasida UWEDFORCE “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ham to‘liq tushunchalar berildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar orasidan ixtiyoriy volontyorlar “Qalqon” safiga qo‘shilishga taklif qilindi.

    Mazkur davra suhbati talabalar huquqiy ongi, fuqarolik pozitsiyasi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.