JIDUda “Biznes va muloqot etiketi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

JIDUda “Biznes va muloqot etiketi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda “Biznes va muloqot etiketi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda “Biznes va muloqot etiketi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

    Joriy yilning 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Lider qizlar klubi” tashabbusi bilan “Biznes va muloqot etiketi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Bugungi globallashuv davrida inson muvaffaqiyati faqat bilim va malaka bilan emas, balki o‘zini to‘g'ri tutish, odamlar bilan samarali muloqot qila olish va har qanday vaziyatda o‘zini munosib namoyon eta bilish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, xalqaro munosabatlar, diplomatiya, iqtisodiyot va huquq sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlar uchun etiket va protokol qoidalarini bilish muhim kasbiy talablardan biriga aylangan.

    Mahorat darsini etiket va protokol bo‘yicha ekspert Yodgora Karimjonova olib bordi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar ishbilarmonlik muhitidagi xulq-atvor madaniyati, rasmiy muloqot qoidalari va zamonaviy yetakchiga xos odob-axloq me‘yorlari haqida amaliy bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘zini to‘g‘ri taqdim etish, ijobiy taassurot qoldirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash borasidagi foydali tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.

    Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar savollar berish va ekspert bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Mahorat darsidan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘ziga ishongan, zamonaviy va muvaffaqiyatli yetakchilar etib tarbiyalash, ularda professional muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga puxta tayyorlashdan iborat.

    “Lider qizlar klubi” universitetda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va shaxsiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda.