JIDU talabalari Gyote instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

    Joriy yilning 8-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari nemis tili o‘qituvchisi Sultonova Umеda Istatovna rahbarligida Gyote institutiga tashrif buyurishdi.

    Tashrif davomida talabalar institut faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, ular uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, talabalarga institutning boy kutubxonasi namoyish qilinib, nemis tilini o‘rganish va nemis madaniyatini chuqurroq anglash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, talabalar uchun institut va uning faoliyatiga oid qiziqarli testlar ham o‘tkazildi, bu esa tashrifni yanada interaktiv va mazmunli qildi.

    Mazkur tashrif talabalar uchun juda foydali va taassurotlarga boy bo‘lib, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan muhim tajriba bo‘ldi. Eng muhimi, ushbu tashrif davomida olingan bilim va taassurotlar talabalarning Germaniya, uning tili va madaniyatini yanada yaqinroq anglashiga xizmat qildi.