JIDU rektori O‘rol Tansiqboyevga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi

JIDU rektori O‘rol Tansiqboyevga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi

    JIDU rektori O‘rol Tansiqboyevga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi

    JIDU rektori O‘rol Tansiqboyevga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi

    2025 yil 3-sentabr kuni Toshkentda buyuk rassom Oral Tansiqboyevning 120 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

    O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Qozog‘iston va O‘zbekiston madaniyati hamda san’ati olamidagi eng yirik voqealardan biri – XX asrning yirik rassomi Oral Tansiqboyev (1904–1974) ijodiga bag‘ishlangan tantanali ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

    Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘mak berdi.

    124 ta asardan iborat ekspozitsiyani Qozog‘iston va O‘zbekistonning yetakchi muzeylari fondlaridan olib kelingan, xalqaro ko‘rgazmalar kuratori va mashhur san’atshunos Zelfira Tregulova taqdim etdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston diplomatik korpuslari rahbarlari, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Kreaktiv iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Qozog‘iston va O‘zbekistondan taniqli rassomlar va san’atshunoslar, ijodiy ziyolilar, turli davlatlar diplomatik korpusi, OAV vakillari, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.

    Oral Tansiqboyev ko‘rgazmasi – Markaziy Osiyoning go‘zalligi va ruhini aks ettirgan afsonaviy asarlarni ko‘rish uchun noyob imkoniyatdir. Ekspozitsiyada mashhur manzaralar, portretlar va mavzuli asarlar namoyish etilgan. Rassom milliy koloritni yangicha badiiy uslublar bilan uyg‘unlashtira oldi.

    Ko‘rgazma buyuk ustoz xotirasiga hurmat ifodasi bo‘lish bilan birga, yosh rassomlarni ilhomlantirishga ham xizmat qiladi.

    Ko‘rgazma 2025 yil 20 noyabrgacha davom etadi.