JIDU talabalari “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Sankt-Peterburg filialida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar

JIDU talabalari “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Sankt-Peterburg filialida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar

    JIDU talabalari “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Sankt-Peterburg filialida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar

    JIDU talabalari “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Sankt-Peterburg filialida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda akademik mobillik dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bunday hamkorlik doirasida JIDUning iqtidorli talabalari 2024-2025-oquv yilining ikkinchi semestrida “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Sankt-Peterburg filialida tahsil olishdi va mazmunli akademik va amaliy dasturni yakunlab, O‘zbekistonga qaytib kelishdi.

             Semestr davomidagi ta’lim ixtisoslik fanlarini yuqori akademik darajada o‘rganishni o‘z ichiga oldi. Har bir talaba o‘z mutaxassisligi bo‘yicha maxsus kurslarda qatnashdi. Dastur doirasida huquq, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlaridagi fanlar tinglandi. Notariat, Soliq jinoyatlari, Xalqaro ommaviy huquqqa kirish, Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, Strategik menejment va Global iqtisodiy siyosat shular jumlasidandir. Mashg‘ulotlar yuqori interaktivligi va xorijiy tilni amaliy o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi bilan ajralib, ta’lim jarayoni samarasini yanada oshirdi.

           JIDU talabalari o‘qish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasida amaliyot o‘tab, u yerda diplomatik muassasalar faoliyati, konsullik xizmatining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan amaliyotda tanishdilar hamda xalqaro muhitda ishlash bo‘yicha bebaho tajribaga ega bo‘ldilar.

             Dastur talabalarning xalqaro va madaniy tadbirlarda faol ishtirokini ham o‘z ichiga olgan. Eng yorqin voqealardan biri Navro‘z bayrami bo‘lib, unda O‘zbekistonlik talabalar milliy an’analar va urf-odatlarni namoyish etib, o‘z mamlakatlarini munosib tarzda tanishtirdilar. Shuningdek, dastur ishtirokchilari madaniyatlararo almashinuv va dunyoqarashni kengaytirishga hissa qo‘shuvchi Afrika mamlakatlari madaniyati kuni, Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati kuni, Maslenitsa va boshqa tadbirlarda ishtirok etdilar.

             Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan HSE International Partners Week 2025 haftaligida JIDU talabalarining ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu tadbir doirasida ular butun dunyo universitetlari vakillari o‘rtasida muloqotni ta’minlagan holda ko‘ngillilar va koordinatorlar sifatida ishtirok etdilar. Xorijiy tillarni bilish talabalarga tarjimon vazifasini bajarish imkonini berdi, bu esa forum tashkilotchilari tomonidan yuqori baholandi.

            OTM vakillari JIDU talabalarining yuqori tayyorgarlik darajasi, ularning tadbirlardagi faol ishtiroki, shuningdek, madaniyatlararo ko‘nikmalari va chet tillarini bilishning yuqori darajasini ta’kidladilar.

    Ushbu almashinuv JIDU va “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu, o‘z o‘rnida talabalarimizning akademik va kasbiy o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Universitet o‘z talabalari uchun global akademik maydonda imkoniyatlar yaratish orqali bunday dasturlarni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.