
Perugiya universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi
Perugiya universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-iyul kuni Italiyaning Perudja shahridagi Xorijliklar uchun universitetida “O‘zbekiston kuni” (Giornata dell'Uzbekistan) tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari tashabbusi bilan italyan tili bo‘yicha bir oylik intensiv kurs davomida tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori janob Valerio De Chesaris, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston turizm potensialini targ‘ib qilishdan iborat edi.
Dastur JIDU talabasi Panjiev Asliddin tomonidan tayyorlangan an’anaviy oʻzbek palovi bilan boshlandi. Mehmonlar taomdan zavqlanayotgan paytda ularga O‘zbekistonning tabiati, madaniyati va tarixi haqida videorolik, shuningdek, tanavor va shashmaqom kabi milliy musiqiy asarlar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, JIDU talabalari O‘zbekistonning boy tarixi, milliy kiyimlari, me’morchilik yodgorliklari va madaniy an’analari haqida tushunchili taqdimotlar qildilar. Tadbir ishtirokchilari taqdim etilgan ma’lumotlar va milliy taomlardan juda taassurot qoldirdilar va o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va o‘zaro tushunchilikni oshirishga muhim hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan sifatli ta’lim, tenglik, inklyuzivlik va barqaror hamkorlik kabi yo‘nalishlarni amalda qo‘llab-quvvatladi.