
JIDU talabalari “Shanghai Summer School: Chinese Culinary Culture and Craft Program” nomli yozgi maktab dasturida ishtirok etishdi
JIDU talabalari “Shanghai Summer School: Chinese Culinary Culture and Craft Program” nomli yozgi maktab dasturida ishtirok etishdi

Joriy yilning 9–30-iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining iqtidorli talabalari Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan nufuzli Shanghay politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan “Shanghai Summer School: Chinese Culinary Culture and Craft Program” nomli yozgi maktab dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Mazkur dastur Xitoy madaniyati, ayniqsa, uning boy kulinariya merosi va hunarmandchilik an’analarini chuqur o‘rganish hamda xalqaro talabalarga Xitoyning tarixiy-madaniy boyligini tanishtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan iqtidorli yoshlar bilan bir qatorda O‘zbekistonlik talabalar ham faol ishtirok etdilar.
Yozgi maktab davomida talabalar Xitoy oshxonasi tarixi, mintaqaviy taomlar xilma-xilligi, sog‘lom ovqatlanish falsafasi, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik san’ati bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ular turli milliy taomlar tayyorlash sir-asrorlarini o‘rgandilar, ustoz oshpazlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.