JIDU talabalari Istanbulda tashkil etilgan “Ikkinchi Turkiy Dunyo Yozgi Maktabi”da ishtirok etishdi

JIDU talabalari Istanbulda tashkil etilgan “Ikkinchi Turkiy Dunyo Yozgi Maktabi”da ishtirok etishdi

    JIDU talabalari Istanbulda tashkil etilgan “Ikkinchi Turkiy Dunyo Yozgi Maktabi”da ishtirok etishdi

    JIDU talabalari Istanbulda tashkil etilgan “Ikkinchi Turkiy Dunyo Yozgi Maktabi”da ishtirok etishdi

    Joriy yilning 23-27-iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari Istanbul shahrida (Turkiya Respublikasi) o‘tkazilgan “Turkiy dunyoning yuksalishi” mavzusidagi Turkiy dunyo ikkinchi yozgi maktabida qatnashdilar.

    Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) va Ibn Xaldun universiteti hamkorligida tashkil etildi. Uning maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va intellektual aloqalarni mustahkamlash, yoshlar hamkorligini rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish edi.

    Maktabning asosiy mavzulari:

    ü Turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati va tillari;

    ü Turkiy davlatlar o‘rtasidagi zamonaviy siyosiy va iqtisodiy munosabatlar;

    ü Mintaqaviy hamkorlik istiqbollari;

    ü Umumiy qadriyatlar asosida yoshlarda integratsion ongni shakllantirish.

    Dastur quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

    ·        interaktiv seminarlar;

    ·        ochiq ma’ruzalar;

    ·        ekspertlar bilan munozaralar.

    Maktab ishida turli turkiy mamlakatlardan kelgan talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

    Yozgi maktab doirasida TDT Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov “O‘rxun jarayoni va Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)” mavzusidagi seminarda ma’ruza qildi. U o‘z nutqida quyidagilarning muhimligini ta’kidladi:

    §  akademik integratsiya;

    §  talabalar almashinuvi dasturlari;

    §  turkiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish.

    JIDU talabalari uchun yozgi maktab turkiy dunyo haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyati, xalqaro aloqalarni o‘rnatish maydoni va turkiy hamkorlik sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda muhim qadam bo‘ldi.

    Tadbir madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, mintaqaviy masalalarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish va turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.