
JIDUda “Sun’iy intellekt va xalqaro xavfsizlik” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Sun’iy intellekt va xalqaro xavfsizlik” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 21-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari” fani doirasida Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-bosqich talabalari ishtirokida “Sun’iy intellekt va xalqaro xavfsizlik” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy ma’ruzachisi sifatida tahlilchi-tadqiqotchi, siyosiy fanlar bo‘yicha PhD, xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert, Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti dotsenti Ayten Ibodova ishtirok etdi.
Tadbir doirasida A. Ibadova sun’iy intellektning xalqaro xavfsizlikdagi ahamiyati hamda undan foydalanish ko‘lamining tobora kengayib borishi bilan bog‘liq asosiy muammolarni batafsil yoritgan mazmunli ma’ruza qildi. Sun’iy intellektni qo‘llashning huquqiy tartibga solinishi va xavfsizligini ta’minlash, jumladan, avtonom tizimlarning xatti-harakatlari uchun javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar muhokamada faol ishtirok etib, ma’ruzachiga savollar berdilar. A. Lomakin o‘zining xalqaro tajribasi va ekspertlik nuqtayi nazariga tayangan holda savollarga atroflicha va professional javoblar berdi.




