Barqaror rivojlanish maqsadida yashil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari

    2025-yil 21-aprel kuni Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi tashabbusi bilan “Barqaror rivojlanish maqsadida yashil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishlangan talabalar tanlovi tashkil etildi. Unda 1–2-bosqich talabalari hamda O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqqan barcha ishtirok etdi.

    Tanlov interaktiv taqdimotlar formatida o‘tkazildi. Ishtirokchilar quyidagi mavzular asosida to‘rt guruhga bo‘linib, taqdimotlar tayyorladilar:

    · Quyosh energiyasi

    · Shamol energiyasi

    · Gidroenergiya

    · Biomassa

    Mutaxassislar hay’ati tomonidan baholash natijasiga ko‘ra, “Solar Energy” guruhi 1-o‘rinni, “Biomass” guruhi esa 2-o‘rinni egalladi.

    Tadbir davomida 7-Barqaror rivojlanish maqsadi “Hammani arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalari bilan taʼminlash (SDG-7)” - masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tanlov O‘zbekistonda ekologik fikrlashni shakllantirish va yashil energetika sohasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.