
12.00.02 –“Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi bo‘lib o‘tdi
12.00.02 –“Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi Raximov Abdumannob Kuziyevichning 12.00.02-“Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati tizimidagi rolini kuchaytirish: konstitutsiyaviy-huquqiy masalalar” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi qo‘yildi.
Dissertatsiya ishi himoyasi davomida talabgor tomonidan ishning dolzarblilik darajasi, maqsad va vazifalari keng yoritib berildi. Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan dissertant tomonidan berilgan takliflar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilinib, DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy Kengash tomonidan Raximov Abdumannob Kuziyevichga yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.