
JIDU talabalari O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurdilar
JIDU talabalari O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurdilar

27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21–27-mart kunlari respublikamizdagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” tashkil etildi. Mazkur hafta davomida teatr ixlosmandlari uchun turli sahna asarlari namoyishi, ijodiy uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 27-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar hamda Siyosatshunoslik fakultetlarining birinchi bosqich talabalari Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchilari Abdullayeva Laziza va Ahmedova Nodira hamrohligida O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar teatr repertuaridan o‘rin olgan “Chig‘iriq” spektaklini katta qiziqish ва mamnuniyat bilan tomosha qildilar. Spektakl talabalarda katta taassurot uyg‘otib, ularning teatr san’atiga, milliy madaniyatimiz va sahna ijodiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Bunday madaniy tadbirlar yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitishda muhim o‘rin tutadi.
| Sana: | 27.03.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 131 |
| Ulashish: |



