JIDUda “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy maqola va tezislar tanlovi o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida talabalar o‘rtasida ilmiy maqola va tezislar tanlovi tashkil etildi.

    Mazkur tanlov universitet talabalari o‘rtasida mehnat huquqi va mehnat nizolarini hal etishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda yosh tadqiqotchilarning akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Tanlov “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Umirzoqov Shohrux rahbarligida o‘tkazildi.

    Taqdim etilgan ilmiy ishlar dolzarblik, ilmiy yangilik, huquqiy asoslanganlik, tahliliy yondashuv hamda amaliy ahamiyat mezonlari asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ilmiy saviya va mustaqil yondashuvni namoyon etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.

    Mazkur tanlovning o‘tkazilishi Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi 16-maqsad “Tinchliksevar va inklyuziv jamiyat qurishga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlovdan foydalanishni ta’minlash hamda barcha darajalarda samarali, hisobdor va inklyuziv institutlarni shakllantirish”, xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va barcha uchun odil sudlovga teng imkoniyat yaratishga qaratilgan 16.3-vazifani amalga oshirishga xizmat qiladi.