“Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusida ilmiy konferensiya

“Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusida ilmiy konferensiya

    “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusida ilmiy konferensiya

    “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusida ilmiy konferensiya

    2025-yilning 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Besh muhim tashabbus” markazi, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistarantlar, “Xalqaro huquqshunos” klubi a’zo-talabalari ishtirok etdi.

    Konferensiya 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ““Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2022 yildagi 83-sonli “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2022 yildagi PQ-330-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori doirasida tashkil etildi.

    Konferensiyada BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, SDG 1-maqsad “O‘ta qashshoqlikka barham berish”, 2-maqsad “Ochlikka barham berish”, 3-maqsad “Sog‘lik va farovonlik”, 5-maqsad “Gender tengligi”, 9-maqsad “Sanoatlashtirish, Innovatsiya va Infrotuzilma”, 10-maqsad “Tengsizlikni kamaytirish”, 13-maqsad “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash”, 14-maqsad “Dengiz ekotizimlarini asrash”, 15-maqsad “Quruqlikdagi ekotizimlarini asrash”, 15-maqsad “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv” va 17-maqsad “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadlari doirasida olib borilgan ilmiy  tadqiqot natijalari taqdim etildi.

    Konferensiya davomida xalqaro huquqda yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalari, xalqaro huquqiy hamkorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar tashabbuslari, raqamlashgan jamiyatda inson huquqlari, iqlim o‘zgarishi, global isish va atrof-muhit ifloslanishi muammolarining xalqaro huquqiy jihatlari, zamonaviy xalqaro huquqda BMT “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ning (SDG) ishlash mexanizmlari va natijalari, Besh muhim tashabbus doirasida ayollar huquqlarni ta’minlash va gender tengligiga erishda xalqaro huquqiy hamkorlik masalalari, sun’iy intellekt texnologiyalarni xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy qarashlari va tashabbuslari kabi masalalar atroflicha ilmiy muhokama qilindi.

    Tadbir yakunida konferensiya ishtirokchilari zamonaviy xalqaro huquq sohasini rivojlantirishda ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan takliflari uchun sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.