JIDU talabalari “Markaziy Osiyo maktabi” xalqaro dasturida ishtirok etishdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 2-bosqich talabalari Nasimov Alinur va Hamraqulov Jasurbek 2025-yilning 8-12-iyul kunlari Bishkek shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo maktabi” ilmiy-ta’lim dasturida ishtirok etishdi.

    Ushbu maktab A.M. Gorchakov nomidagi Xalq diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan mintaqa davlatlari va Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. Maktabning asosiy mavzusi “Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasining istiqboli” bo‘ldi.

    Dastur doirasida ishtirokchilar mintaqa davlatlari oldida turgan asosiy muammolar va imkoniyatlarni, jumladan, energetika o‘tishi, barqaror rivojlanish, suv-energetika muvozanati, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

    Energetika xavfsizligi, energiya manbalarini xilma-xil qilish, iqlim o‘zgarishining energetika infratuzilmasiga ta’siri, barqaror energetika siyosatini shakllantirishda yoshlar va diplomatiyaning o‘rni masalalariga alohida e’tibor qaratildi.